Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

JCH-2026 AQShga 30 mlrd dollardan ortiq daromad keltirishi mumkin

JCH-2026 AQShga 30 mlrd dollardan ortiq daromad keltirishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tishini aytdi.

"Bu chempionat Amerika iqtisodiyotiga 30 mlrd dollardan ortiqroq mablag‘ olib kiradi, 185 mingta yangi ish o‘rni yaratadi", - dedi u.

Tramp, shuningdek, stadionlardagi xavfsizlik yuqori darajada bo‘lishiga umid bildirdi.

Shu yil 5 dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi markazida Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi. Unda 48 ta milliy jamoa, jumladan, O‘zbekiston ham ishtirok etadi.

Final o‘yini 19 iyul kuni Nyu-York yaqinidagi "Metlayf-stedium" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:35 24.08.2025. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!