Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

JCH-2026: 48 ishtirokchi mamlakatdan 32 tasi aniq bo‘ldi

JCH-2026: 48 ishtirokchi mamlakatdan 32 tasi aniq bo‘ldi

JCH-2026ning 32 ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.

Noyabr oyida turnirga Norvegiya, Portugaliya, Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari saralab olindi.

Oktyabr oyida dastlab Misr, so‘ngra Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Kot-d'Ivuar va Senegal JCH-2026ga yo‘l olgandi.

Sentyabr oyida Urugvay, Kolumbiya va Paragvay, shuningdek, Marokash va Tunis turnirning hal qiluvchi bosqichiga chiqdi.

Bungacha Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Ekvador va Braziliya terma jamoalari jahon chempionatiga yo‘llanma olgandi. Turnirda AQSH, Kanada va Meksika terma jamoalari mezbon sifatida ishtirok etadi.

Musobaqada jami 48 ta jamoa ishtirok etadi. Turnir kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:35 17.11.2025. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!