Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Jazoirdagi futbol stadioni to‘sig‘i sinib, muxlislardan 3 kishi halok bo‘ldi

Jazoirdagi futbol stadioni to‘sig‘i sinib, muxlislardan 3 kishi halok bo‘ldi

Jazoirda mahalliy futbol jamoasi “MC Alger” chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Final hushtagi chalinishi bilanoq stadionning yuqori tribunasi to‘sig‘i sinib, muxlislar yiqilib tushgan. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Jazoirdagi “5 iyul” stadionida muxlislar g‘alabani nishonlayotganda to‘siq sinib, ular pastga qulab tushgan. O‘nlab odamlar jarohatlangan. Uchta shifoxonada 70 dan ortiq odam davolanayotgani haqida xabar berilgan.

“MC Alger” jamoasi futbolchilari va xodimlari jarohatlanganlarga qon topshirish uchun shifoxonaga borgani aytilgan. Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun voqea yuzasidan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Stadion 2024 yili ham liga chempionligiga mezbonlik qilgan edi. O‘yin davomida bayramona kayfiyat hukm surib, mash’alalardan chiqqan yashil tutun stadionni qamrab olgandi. Fojia ortidan liga kubogining taqdimoti qoldirilgandi.

“MC Alger” “NC Magra”ga qarshi 0:0 hisobida durang o‘ynab, ketma-ket ikkinchi yil ligada g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 09:48 24.06.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!