Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jazoirda kriptovalyutalarni chiqarish, foydalanish, sotib olish va sotish taqiqlandi

Jazoirda kriptovalyutalarni chiqarish, foydalanish, sotib olish va sotish taqiqlandi

Jazoir hukumati jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda kriptovalyutalardan foydalanish, yaratish va ayirboshlashni taqiqlovchi qonun chiqardi.

Bu haqda Algerie360 axborot portali xabar berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Jazoirda har qanday turdagi virtual aktivlarni chiqarish, ularni sotib olish, sotish yoki egalik qilish taqiqlanadi. Qonun kriptovalyutalardan to‘lov yoki investisiya vositasi sifatida foydalanishga ruxsat bermaydi va kriptovalyutalarni har qanday shaklda reklama qilishni taqiqlaydi.

Jazoir qonunchiligi, shuningdek, kriptovalyuta almashinuvi platformalari yoki tegishli elektron hamyonlarning ishlashi va yaratilishini taqiqlaydi.

Qoidabuzarlar ikki oydan bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va jarimaga tortilishi mumkin.

Yangi qonunni qabul qilish orqali Jazoir rasmiylari kriptovalyutalardan shaxsiy, professional yoki spekulyativ maqsadlarda foydalanishga urinishlarning oldini olmoqchi. Ushbu chora milliy moliya tizimining nazorati va xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan, deya qayd etadi Algerie360.

Kiritildi: 10:00 29.07.2025. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!