Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Jazoir terma jamoasi Mbappeni o‘z tarkibida o‘ynatmoqchi

Jazoir terma jamoasi Mbappeni o‘z tarkibida o‘ynatmoqchi

Fransiya futboli yana bir yorqin iste’dodini yo‘qotishi mumkin. Jazoir futbol federasiyasi Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappening ukasi - 18 yoshli Itan Mbappeni aynan Jazoir terma jamoasini tanlashga ko‘ndirish ustida faol ish olib bormoqda.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar bir necha haftadan beri davom etmoqda. Fransiyaning "Lill" klubi sharafini himoya qilayotgan Itan hozircha Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgani yo‘q, bu esa onasining yurti sharafini himoya qilish imkoniyatini beradi.

Qizig‘i shundaki, ikkala aka-ukaning ham otasi asli kamerunlik, demak, Itan nazariy jihatdan uchinchi mamlakatni ham tanlashi mumkin. Ammo ayni damda aynan Jazoir yosh yarim himoyachiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Itan Mbappe yosh bo‘lishiga qaramay, "PSJ" safida Fransiya chempionligini qo‘lga kiritishga ulgurgan va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun "Lill"ga yo‘l olgandi.

Uning akasi - Madridning "Real" klubi yulduzi va Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe milliy terma jamoa tarixidagi eng sermahsul futbolchilardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 16:52 12.11.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!