Arab davlatlari orasida Isroil hujum qilishga jur’at eta olmaydigan yagona davlat bu Jazoir, deb yozadi Amerikaning Military Watch nashri.
Sabab — uning Rossiya va Xitoy qurollariga asoslangan mustaqil havo mudofaa tizimidir. Xususan Jazoir Rossiyaning S-300 va S-400 majmuasi hamda Xitoyning HQ-9 mudoffa tizimlariga ega. Shuningdek mamlakat havo kuchlari tarkibida 70 dan ortiq Su-30M va eng so‘nggi avlod Su-35 qiruvchi samolyotlari bor, deyiladi maqolada.
Isroilning Qatar, Eron, Livan va Yamanga bergan zarbalari ushbu davlatlarning havo mudofaa tizimi zaifligini namoyish qildi.
Saudiya Arabistoni, Misr va Iordaniya kabi davlatlar esa asosan G‘arbdan qurol yarog‘ xarid qiladi. G‘arb qurollar esa ko‘pincha turli siyosiy va texnik cheklovlar bilan birga keladi.