Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jazoir Hurmuz bo‘g‘ozi masalasida vositachilik qilishga tayyor

Jazoir Hurmuz bo‘g‘ozi masalasida vositachilik qilishga tayyor

Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyatni hal etish bo‘yicha vositachilik qilishga tayyorligini bildirdi.

Tebbunning ta’kidlashicha, Jazoir Hurmuz bo‘g‘ozidagi inqirozda hech bir tomon bilan qarama-qarshi pozisiyada emas va mamlakat kemalari ushbu yo‘nalish orqali muammosiz harakatlanmoqda.

«Jazoir Hurmuz bo‘g‘ozi masalasida har qanday vositachilikka tayyor», — dedi prezident.

Tebbun, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarini Afrika davlatlarining ichki ishlariga aralashish va qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Jazoir prezidenti mamlakat Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi mojaroga aralashmayotganini va tinchlikparvar pozisiyani egallayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:46 04.10.2026. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!