Jazoir Birlashgan Arab Amirliklari bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi.
Jazoir davlat axborot agentligi mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, ushbu qaror haqida xabar berdi.
Jazoir tomonining ta’kidlashicha, rasmiylar ikki tomonlama munosabatlarni saqlab qolish uchun mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan, ammo ular natija bermagan.
«Jazoir Birlashgan Arab Amirliklari bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi», — deyiladi Tashqi ishlar vazirligiga tayanib tarqatilgan xabarda.