Evropaning bir qancha mintaqalarida haddan tashqari issiqlik kuzatildi. Ba’zi mamlakatlarda termometr +40 ga ko‘tarildi. Energetika tizimlari yuklamaga bardosh bera olmayapti, deya xabar beradi Euronews.
Ruminiyada favqulodda xizmatlar mamlakatning bir qancha hududlarida kuzatilgan haddan tashqari issiqlik tufayli qo‘ng‘iroqlar bilan to‘lib ketdi. U yerda ob-havo xavfining "qizil" darajasi e’lon qilingan. Ba’zi hududlarda havo harorati soyada +40 darajaga yetadi.
Marshrutlarda poyezdlar va avtomobillarning tezligi cheklangan. G‘ayritabiiy issiqlik elektr tarmog‘iga ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish iste’mol darajasida emas, elektr energiyasi uzilishlari tez-tez uchramoqda.
Shimoliy Makedoniyaning janubiy va markaziy qismida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Eng kattasi - Negotino jamoasining tog‘li hududlarida. Yong‘inni o‘chirishda aviasiya ishtirok etmoqda. Mahalliy favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yettita manba qayd etilgan. Rasmiylar yordam so‘rab qo‘shni davlatlar - Sloveniya, Turkiya, Serbiya va Chernogoriyaga murojaat qildi.