Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Javohir Sindorov “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” g‘olibi bo‘ldi

A A A
Javohir Sindorov “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” g‘olibi bo‘ldi

“Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” kutilgan va kutilmagan natijalarga boy kechdi.
Iste’dodli shaxmatchi Javohir Sindarov 6,5 ochko jamg‘argan holda mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan "Rustam Qosimjonov xalqaro turniri"ning “Masters” guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eronlik shaxmatchi Parxam Magsudlu 6 ochko bilan 2-o‘rinni, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 5 ochko jamg‘argan holda uchlikka yakun yasadi. Ushbu guruhda g‘oliblikka asosiy da’vogar sanalgan Nodirbek Abdusattorov kuchli beshlikdan o‘rin oldi.

Xalqaro turnirning “Chellenjer” guruhida hamyurtimiz Ortiq Ne’matov va serbiyalik Aleksandar Indjich 6,5 ochkoga ega bo‘lishdi. Ammo, koeffisentlar evaziga serbiyalik shaxmatchi 1-o‘rinni hamyurtimiz Ne’matov ushbu guruhda 2-o‘rinni egallaganligi qayd etildi.

Kiritildi: 15:45 29.03.2023. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!