Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov va Rustam Qosimjonov Toshkentdagi musobaqada peshqadamlik qilmoqda

Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov va Rustam Qosimjonov Toshkentdagi musobaqada peshqadamlik qilmoqda

Toshkent shahrida mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi Rustam Qosimjonov kubogi—2024 turniri start oldi.

Musobaqada O‘zbekistonning eng yaxshi shaxmatchilaridan tashqari. Parham Maghsoodloo, Shahriyar Mamedyarov, Aleksandr Grischuk, Richard Rapport kabi tajribali shaxmatchilar qatnashmoqda.

Shaxmatning rapid yo‘nalishida tashkil etilgan turnir 8—9 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

8 iyul kuni musobaqaning 5 turi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning birinchi turida Nodirbek Abdusattorov Jahongir Vohidovni mag‘lubiyatga uchratdi. Shamsiddin Vohidov esa Rustam Qosimjonov bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindorov Shahriyar Mamedyarovdan ustun keldi. Nodirbek Yakubboyev Grischuk Aleksandr bilan murosa yo‘lini tanladi. 5 turdan so‘ng Javohir Sindorov mag‘lubiyatsiz yurishda davom etmoqda. U 5 ta o‘yinning 3 tasini g‘alaba bilan yakunladi, ikki o‘yinda esa raqiblar bilan durangga imzo chekdi. Uning hisobida 4 ochko bor.

Nodirbek Abdusattorov 4-turda Parham Maghsoodlooga mag‘lubiyatga uchradi. Qolgan 4 uchrashuvda 3,5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinda borayotgan Rustam Qosimjonov hisobida ham 3,5 ochko mavjud. U 5 ta uchrashuvning 2 tasida g‘alaba qozondi va 3 uchrashuvni durang bilan yakunladi.

Musobaqaning qolgan 4 turi bugun 9 iyul kuni o‘tkaziladi. Aynan bugun musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

Kiritildi: 07:13 09.07.2024. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!