Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Javohir Sindarovning Magnus Karlsenga qarshi yarim final uchrashuvi yakunlandi

Javohir Sindarovning Magnus Karlsenga qarshi yarim final uchrashuvi yakunlandi

Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Finals turniri o‘tkazilmoqda.

Musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov yarim finalga qadar muvaffaqiyatli yetib keldi. U yarim finalda dunyo reytingi yetakchisi Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi.

Asosiy partiyalarda tomonlar 1 martadan g‘alaba qozonishdi. Tay-breykda esa afsuski Javohir imkoniyatni boy berdi.

Endi grossmeysterimiz 3-o‘rin uchun germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona suradi. Keymer ikkinchi yarim finalda Levon Aronyanga imkoniyatni boy berdi.

3-o‘rin uchun bahs ertaga o‘tkaziladi.

Kiritildi: 23:30 10.12.2025. O'qildi: 1447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!