Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jarqo‘rg‘onda 850 million so‘m soliq qarzdorligi ixtiyoriy muddatda bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘onda 850 million so‘m soliq qarzdorligi ixtiyoriy muddatda bartaraf etildi

Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan ijro hujjatiga ko‘ra tumanda faoliyat yuritib kelayotgan “Surxon teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan o‘z vaqtida to‘lanmagan 850 million so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdor jamiyat rahbariga tushuntirish ishlari olib borilib, qarzdorlikni bartaraf etish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berildi. Aks holda 17 million so‘m ijro yig‘imi qo‘llanilib, majburiy ijro harakatlariga kirishilishi haqida rasman ogohlantirildi.

Shundan so‘ng, jamiyat rahbari mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, belgilangan ixtiyoriy muddatda 850 million so‘m soliq qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi va ortiqcha to‘lovlarga zarurat qolmadi.

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirishga qaratilgan nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 12:16 23.05.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!