Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jarohatlar avjiga chiqqan pallada Gvardiola yangi o‘yinchi oladimi?

Jarohatlar avjiga chiqqan pallada Gvardiola yangi o‘yinchi oladimi?

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirish haqida gapirdi.

Yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) "shaharliklar" biryo‘la ikki asosiy himoyachisi - Yoshko Gvardiol va Ruben Diashni yo‘qotishdi. Ikkala futbolchi ham jarohat tufayli ikkinchi bo‘lim davomida zaxiraga olindi.

"Yanvardagi yangi xaridlar? Bu haqida o‘ylamayman. Lekin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Aytishim mumkinki, Gvardiol va Diashni yo‘qotish - jiddiy zarba. Ularning juftligi bu mavsumda natijalarga erishishimizga yordam berdi," - deya javob berdi Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda.

7 yanvar, chorshanba kuni "Manchester Siti" o‘z uyida "Brayton"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 19:35 05.01.2026. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!