Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Jarimani qaynota to‘ladi: Andijonda kuyov xotinining mashinasida 68 marta qoidabuzarlik qilgani aniqlandi

Jarimani qaynota to‘ladi: Andijonda kuyov xotinining mashinasida 68 marta qoidabuzarlik qilgani aniqlandi

Andijon viloyatida kuyov xotinining mashinasida 68 marta qoidabuzarlik qilgani aniqlandi.

Unga ko‘ra, Andijon shahrida yashovchi M.A. turmush o‘rtog‘ining egaligida bo‘lgan Lacetti’ni boshqarib, yo‘llarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda me’yoridan oshirib kelgan. Natijada 68 marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.

Viloyat IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limiga kelib tushgan jarima solish to‘g‘risidagi 68 ta qarorlarga muvofiq M.U.dan jami 28 million so‘m undirilishi belgilangan. Bo‘lim davlat ijrochisi avtomashina egasini jarima pullarini to‘lashi yuzasidan ogohlantirgan. Shuningdek, qarzdorlik to‘lanmagani sababli avtomashina jarima maydoniga olib kirib qo‘yilgan.

Shu sababli kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun qaynota 28 million so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalarni to‘lab berishini bildirdi va qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqdi.

Kiritildi: 18:30 20.06.2024. O'qildi: 1558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!