Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Jarima ballari ko‘payib ketgan "Chelsi" yulduzi endi haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi

Jarima ballari ko‘payib ketgan "Chelsi" yulduzi endi haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi

Londonning "Chelsi" klubi ukrainalik hujumkor yarim himoyachisi Mixail Mudrik Buyuk Britaniyada haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi.

Futbolchi 1,5 yil ichida 13 jarima ochkosi to‘plagan. Oxirgi qoidabuzarlik tezlikni oshirish bo‘ldi va polisiyachilar futbolchini ta’qib qilishga majbur bo‘lishdi.

Ukraina terma jamoasi a’zosining haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish muddati olti oyni tashkil etdi, deb yozadi Evening Standard.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Mudrik antidoping qonunchiligini buzgani uchun barcha turnirlarda ishtirok etishdan chetlatilgan. Uning keyingi taqdirini sud hal qiladi, futbolchi 4 yilgacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin.

Mudrikning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Kiritildi: 23:03 02.09.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!