1) Jarima ballari 2025 yil 1 iyundan boshlab kuchga kiradi;
2) Jarima ballari faqat YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha hisoblanadi;
3) Jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda hisoblab boriladi;
4) Agar haydovchilar 12 oy mobaynida qoida buzmasa, keyingi yildagi birinchi qoidabuzarligi uchun jarima ballari yozilmaydi;
5) Agar haydovchilar oxirgi huquqbuzarlik uchun jarima ballari qo‘llanilgan vaqtdan boshlab 6 oy mobaynida qoidabuzarlik sodir qilmasa, uning jarima ballidan 2 ball chegirib tashlanadi;
6) Haydovchilar jarima ballari haqida o‘zlarining mobil aloqa vositalariga kelgan “SMS” xabarlar orqali xabardor qilinadi;
7) Haydovchilarning jarima ballari 8 ballga yetganda ular rasmiy ravishda ogohlantiriladi;
8) Haydovchilarning jarima ballari ular birinchi marta qoidabuzarlik sodir qilgan vaqtdan boshlab keyingi yil shu kunga qadar 12 ballga yetmasa, jarima ballarini hisoblash yangidan boshlanadi, ya’ni hammasi o‘chib ketadi;
9) Jarima ballari 12 balldan oshgan taqdirda haydovchilarning hujjatlari ma’muriy jazo qo‘llash uchun sudlarga yuboriladi va bu haqda ularga “SMS” xabar orqali ma’lum qilinadi.
10) Jarima ballaridan norozi bo‘lsangiz DYHXXning tegishli bo‘linmalariga, ularning qaroridan norozi bo‘lsangiz yuqori turuvchi organlarga (prokuratura) yoki sudga shikoyat qilishingiz mumkin. Agar yutib chiqsangiz jarima ballari bekor bo‘lishiga olib keladi.