Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Japarov MDH doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Japarov MDH doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MDH doirasida savdo-iqtisodiy, investisiya va sanoat hamkorligini, shuningdek, energetika, transport, logistika va raqamli iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Bu haqda Japarov MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Prezident shuningdek, agrosanoat kompleksi va innovasiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Japarov turizm va tog‘li hududlarni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini bayon qildi va MDH yetakchilarini 2027 yil oktyabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi Global Tog‘ Sammiti “Bishkek+25”da ishtirok etishga taklif qildi.

Madaniy va gumanitar hamkorlik doirasida Qirg‘iziston prezidenti 2028 yilda qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini nishonlash uchun MDH shafeligida qo‘shma tadbirlar o‘tkazishni taklif qildi.

Japarov shuningdek, Qirg‘izistonning MDHni mustahkamlashga hissa qo‘shishda davom etishga tayyorligini tasdiqladi.

Kiritildi: 15:25 09.10.2026. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!