Janubiy Koreyada maxsus maslahat guruhi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha apellyasiya sudida yana o‘lim jazosini tayinlashni so‘radi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, maxsus prokuror Cho In Suk boshchiligidagi tergov guruhi Seul Oliy sudida o‘tkazilgan eshituvda birinchi instansiyadagi talabini takrorlagan. Prokuratura quyi sud tomonidan tayinlangan umrbod qamoq jazosini juda yengil deb hisoblamoqda.
12 iyun kuni Janubiy Koreya sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni KXDR hududiga dronlar yuborganlikda aybdor deb topib, 30 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Yun 2024 yilning 3 dekabrda harbiy holat e’lon qilganida, bu qarorini mamlakatni Shimoliy Koreyaga xayrixoh davlatga, qarshi kuchlardan himoya qilish zarurati bilan izohlagan edi. Biroq keyinchalik uning qarori asosan ichki siyosiy muammolar bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi va ommaviy norozilik namoyishlari ortidan harbiy holat bekor qilindi.
Shundan so‘ng Yun impichment orqali lavozimidan chetlatilgan va harbiy holatni noqonuniy joriy etishga uringani uchun davlatga qarshi isyon aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Seul okrug sudi Yun, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon, Mudofaa kontrrazvedka qo‘mondonligining sobiq rahbari Yo In Xyon va Dron operasiyalari qo‘mondonligining sobiq rahbari Kim Yon Deni davlatga xiyonat va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topgan.