Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri, shuningdek, prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yganini e’lon qildi.
Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
U prezidentlik muddatini qisqartirish uchun Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritishga va savdo sohasidagi inqirozni bartaraf etish uchun o‘zining iqtisodiy tajribasidan foydalanishga va’da berdi.
Xan Dok Su kecha, 1 may kuni lavozimini tark etishini e’lon qildi. Mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 3 iyunga belgilangan.