Janubiy Koreyaning Tedjon shahridagi Hanwha Aerospace mudofaa korporasiyasining ishlab chiqarish zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va ikki kishi jarohat oldi.
Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Yong‘inni o‘chirish uchun 100 ga yaqin odam safarbar qilingan.
Portlash ishchilar maydonni tozalash paytida sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
"Raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarish jarayonida turli xil asboblar ishlab chiqariladi va portlash qolgan yoqilg‘ini tozalash paytida sodir bo‘lgan ko‘rinadi", dedi kompaniya vakili matbuot anjumanida.