Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hodisa Tejon shahridagi Hanwha Aerospace korxonasida sodir bo‘lgan. Portlash ortidan yong‘in boshlangan. Qurbonlardan tashqari yana ikki kishi jarohatlangan.
Mazkur zavodda turli qurol-yarog‘larni, jumladan, “er-er” tasnifidagi taktik raketalarni ishlab chiqariladi.
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myong hududda avariyaga qarshi choralar ko‘rish va portlash yuzasidan tergov o‘tkazish uchun barcha mavjud resurslarni safarbar etishga chaqirdi.