Janubiy Koreyada o‘tgan hafta davom etgan kuchli yomg‘ir qurbonlari soni 18 kishiga yetdi.
Bu haqda Yonhap axborot agentligi ma’lum qildi.
Dushanba kuni ertalabki holatga ko‘ra, 18 kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.
Avvalroq qurbonlar soni 14 kishi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, 14 ming kishi evakuasiya qilingan.
Koreya milliy meteorologiya agentligi dushanba kuni ertalab Cholla-Namdo, Kensan-Namdo va Chedju orollarida yog‘ingarchilik ko‘payishini prognoz qilmoqda.
Shuningdek, Cholla-Pukto va Kensan-Pukto provinsiyalarida ham soat 9:00 da yog‘ingarchilik boshlanishi kutilmoqda, kunning ikkinchi yarmida poytaxt viloyati va Kanvondo provinsiyasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.