Bugun 16 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada it go‘shtini iste’mol qilish taqiqlanadi

Janubiy Koreyada it go‘shtini iste’mol qilish taqiqlanadi

Janubiy Koreya hukumati yil oxirigacha Koreyada it go‘shtini iste’mol qilishni 2027 yilgacha butunlay to‘xtatish bo‘yicha maxsus qonun joriy etishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Kazinform agentligi The Korea Herald nashriga tayanib.

Prezident ma’muriyati va hukmron partiya vakillari itlarni ko‘paytirish va so‘yish, shuningdek, it go‘shti yetkazib berish va sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kelishib oldi.

O‘z faoliyatini o‘zgartirish yoki to‘xtatishga majbur bo‘ladigan korxonalarga davlat moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

O‘tgan yili Koreyada iste’mol uchun itlar yetishtiruvchi 3500 ga yaqin fermer xo‘jaligi ro‘yxatga olingan.

Ular mamlakatdagi 3000 ga yaqin restoranlarni it go‘shti bilan ta’minlaydi.

O‘tgan yili o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakatda 18 va undan katta yoshdagilarning 64 foizi it go‘shtini iste’mol qilish noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

Kiritildi: 20:39 18.11.2023. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!