Halokatga uchragan Boeing 737-800 layneri bortida bo‘lgan deyarli hamma (175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi) halok bo‘ldi.
Bu haqda Yonhap agentligi yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayanib xabar berdi.
Favqulodda xizmatlar ikki kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 62 kishiga yetgan. Agentlik 28 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berganida, jasadlar samolyotning dum qismidan topilganini qayd etgan.
Dastlabki versiyaga ko‘ra, halokat qushlar bilan to‘qnashuv natijasida qo‘nish moslamasining nosozligi tufayli yuz bergan. Ekipaj samolyotni fyuzelyajga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan, biroq samolyot tezligini pasaytira olmagan va uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiridagi konstruksiyaga urilib, yong‘inga sabab bo‘lgan.