Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya xavotirda: Rossiya va KXDR ittifoqi tinchlikka tahdid solmoqda

Janubiy Koreya xavotirda: Rossiya va KXDR ittifoqi tinchlikka tahdid solmoqda

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya harbiylarining Kursk viloyatiga yuborilishi BMT Ustavi va Xavfsizlik Kengashi qarorlarini buzayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap.

Janubiy Koreya hukumati Rossiya va KXDRni "qonunga xilof harbiy hamkorlik"ni darhol to‘xtatishga chaqirdi, chunki bu "Hind-Tinch okeani mintaqasi va undan tashqarida, jumladan Yevropada tinchlik va barqarorlikka jiddiy zarar yetkazmoqda".

Shuningdek, Seul Janubiy Koreya milliy xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday harakatlarga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rish uchun xalqaro hamjamiyat bilan yaqindan hamkorlik qilishni va’da qildi.

Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov KXDRning janglardagi ishtirokini tasdiqladi va Kursk viloyati "to‘liq ozod etilgani" haqida ma’lum qildi. Pxenyan o‘z askarlarining ishtirokini "muqaddas vazifa" deb atadi.

Putin Kim Chen Inga minnatdorchilik bildirdi va bu xalqaro huquq hamda strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaga mos kelishini ta’kidladi.

2024 yilda imzolangan shartnoma tomonlarga hujum bo‘lgan taqdirda harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini yuklaydi.

Kiritildi: 23:06 28.04.2025. O'qildi: 2149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!