Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya o‘rmon yong‘inlari tufayli tabiiy ofat e’lon qildi

Janubiy Koreya o‘rmon yong‘inlari tufayli tabiiy ofat e’lon qildi

Janubiy Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi qurbonlarga sabab bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari tufayli mamlakatning uchta hududida tabiiy ofat e’lon qildi.

Bu haqda vazirlik bayonotida aytiladi.

"Ko‘plab yong‘inlar, jumladan, Kyonsan-Namdo provinsiyasining Sanchxon okrugidagi yong‘in natijasida yetkazilgan jiddiy zarar tufayli Ulsan metropolitan shahri, shuningdek, Kyonsan-Pukto va Kyonsan-Namdo provinsiyalarida falokat holati e’lon qilindi. Bu yong‘inni o‘chirish uchun barcha mumkin bo‘lgan resurslarni safarbar qilish imkonini beradi" - dedi vazirlik.

Janubiy Koreya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inlarda to‘rt nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan, yana olti kishi, jumladan bir mahalliy aholi jarohatlangan.

Yonhap axborot agentligining xabar berishicha, 500 kishi evakuasiya qilingan, 260 kishi boshpanasiz qolgan va vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, jabrlangan hududlarda temir yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatilgan va tezyurar avtomobil yo‘llari yopilgan.

Kiritildi: 22:31 22.03.2025. O'qildi: 1318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!