Shu kungacha Kursk viloyatida Shimoliy Koreya harbiy kontingentining 300 ga yaqin askari halok bo‘ldi. Bu dekabr oyida qayd etilgan askarlardan 200 nafarga ko‘pdir.
Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya qo‘shinlarining shu kungacha mintaqadagi umumiy yo‘qotishlari taxminan 3000 kishini tashkil etadi, ulardan 300 nafari halok bo‘lgan, 2700 nafari yaralangan.
Dekabr oyi oxiriga kelib Janubiy Koreya razvedkasi Shimoliy Koreyaning 100 nafar askari halok bo‘lgani va 1000 ga yaqin yaralangani haqida xabar bergan edi.