Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Seok Yolning maoshi rejalashtirilgan indeksasiyaga muvofiq oshirildi.
Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, prezidentning maoshi yiliga 3 foizga oshib, 262,2 million vonni (179 ming dollar) tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 dekabr kuni Koreya Respublikasi prezidenti Yun Seok Yol harbiy holat e’lon qilgan, shu sababli 14 dekabr kuni parlament unga impichment e’lon qilgan edi. 27 dekabr kuni deputatlar vazifasini bajaruvchiga impichment e’lon qilishdi.