Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti qamalishi mumkin

Janubiy Koreya prezidenti qamalishi mumkin

Impichment natijasida vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasiga isyon ishi bo‘yicha so‘roqqa kelmadi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

So‘roq Seuldagi boshqarma ofisida 18 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boshlanishi kerak bo‘lgan. Bungacha chaqiruv qog‘ozlarini prezident vakillari va pochta orqali yuborish natija bermagan. Davlat rahbari kotibiyatida va xavfsizlik xizmatida tegishli vakolatlar yo‘qligi sababli ular chaqiruv qog‘ozini qabul qilmagan.

Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi boshlig‘i O Don Un chaqiruv qog‘ozlari ataylab qabul qilinmagani, huquqni muhofaza qilish organlari qonuniy choralar ko‘rishini aytdi. Jumladan, hozirda prezidentni hibsga olish uchun order talab qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Ilgari Yun Sok Yol parallel tergov olib borayotgan prokuraturaning so‘rog‘iga kelmagandi. Idora 21 dekabrga mo‘ljallangan ikkinchi chaqiruv qog‘ozini rasmiylashtirgan.

Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni prezident Yun Sok Yolga 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etgani sababli impichment uchun ovoz berdi. Harbiy holat bekor qilingandan so‘ng prezident isyon ko‘tarishda ayblangan.

Yun Sok Yol lavozimidan chetlatilgan, ammo u Konstitusiyaviy sud qarorini qabul qilgunga qadar prezident lavozimida qoladi. Davlat rahbariga Janubiy Koreyadan chiqish taqiqlangan. Shuningdek, mamlakatda birinchi xonimga nisbatan tergovga ruxsat berilgan.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!