Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti devonining barcha xodimlari iste’foga chiqdi

A A A
Janubiy Koreya prezidenti devonining barcha xodimlari iste’foga chiqdi

Janubiy Koreya prezidenti devonining barcha xodimlari iste’foga chiqdi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Bugun ertalab poytaxt Seul va mamlakatning boshqa shaharlarida prezident iste’fosini talab qiluvchi namoyishlar boshlandi.

Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi muxolifatdagi Demokratik partiya deputatlari, agar prezident Yun Sok Yolning o‘zi iste’foga chiqmasa, impichment jarayonini boshlashlarini bildirishdi.

Impichment e’lon qilish uchun uni mamlakat Milliy assambleyasining 300 nafar deputatidan 200 nafari qo‘llab-quvvatlashi kerak. Hozirda muxolifat parlamentning 170 o‘rnini nazorat qiladi.

Kiritildi: 10:33 04.12.2024. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!