Koreya Respublikasining to‘rtinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi o‘z orbitasiga muvaffaqiyatli uchirildi.
Bu haqda Yonhap agentligi Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Uchirish Seul vaqti bilan 09:48 da Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh kosmik kuchlari bazasidan amalga oshirildi. Qurilma orbitaga Amerikaning SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi orqali chiqarilgan.
Umuman olganda, Koreya Respublikasi 2025 yil oxirigacha yana bitta sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda. Orbitada beshta qurilma Seulga KXDRni ikki soatlik interval bilan uzluksiz kuzatishni o‘rnatish imkonini beradi. Birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi 2023 yil dekabrida uchirilgan. O‘zining kosmik razvedka salohiyatiga ega bo‘lishi Janubiy Koreyaning bu masalada AQShga qaramligini kamaytiradi.
2023 yil 21 noyabrda Shimoliy Koreya ikki marta muvaffaqiyasiz urinishlardan so‘ng o‘zining birinchi razvedkachi sun’iy yo‘ldoshi Malligyon-1ni uchirdi.