Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya AQShga 350 milliard dollar sarmoya kiritadi

Janubiy Koreya AQShga 350 milliard dollar sarmoya kiritadi

Koreya Respublikasi AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollar sarmoya kiritish va Amerika kompaniyalaridan umumiy qiymati qariyb 100 milliard dollarga suyultirilgan gaz (SG) va boshqa energiya resurslarini sotib olishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

"Qo‘shma Shtatlar Koreya Respublikasi bilan to‘liq va keng qamrovli savdo kelishuviga rozi bo‘lganini ma’lum qilishdan mamnunman", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

"Shartnoma shartlariga ko‘ra, Janubiy Koreya Qo‘shma Shtatlarga tegishli bo‘lgan va nazorat qiladigan va men prezident sifatida tanlagan sarmoyalar uchun Qo‘shma Shtatlarga 350 milliard dollar beradi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya 100 milliard dollarga suyultirilgan gaz yoki boshqa turdagi energiya resurslarini sotib oladi va sarmoyaviy maqsadlar uchun katta miqdorda pul berishga rozi bo‘ldi", - dedi Tramp.

Kutilayotgan investisiyalar hajmi ikki hafta ichida, Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon Vashingtonga kelganida e’lon qilinadi.

Tramp RK bozori Amerika tovarlari, jumladan, avtomobillar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun to‘liq ochiq bo‘lishini kutmoqda. Shu bilan birga, AQSh Janubiy Koreyadan import qilinadigan mahsulotlar uchun 15 foizlik bojlarni saqlab qoladi.

Kiritildi: 09:50 31.07.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!