Koreya kosmik agentligi (KASA) Oyni o‘zlashtirish bo‘yicha reja taqdim etdi, unda 2045 yilga borib doimiy baza yaratish ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi The Korea Times.
Yo‘l xaritasiga ko‘ra, 2030 yilga borib birinchi mahalliy astronomik sun’iy yo‘ldosh uchiriladi, 2040 yilida qo‘nish moduli yuboriladi, 2045 yilda esa baza quriladi.
«Bizning maqsadimiz — navigasiya, qo‘nish va Oy infratuzilmasini yaratish bo‘yicha o‘z texnologiyalarimizni ishlab chiqish, bu esa sun’iy yo‘ldosh resurslarini iqtisodiy foydalanishga ochadi», — deydi KASA.