Bu haqda Janubiy Afrikaning kooperativ boshqaruv va an’anaviy ishlar vaziri Velinkossi Xlabisa ma’lum qilib, halok bo‘lganlarning aksariyati Sharqiy Keyp provinsiyasida ekanini qo‘shimcha qildi.
"Yomon ob-havo tufayli halok bo‘lganlar soni 57 nafar. bedarak yo‘qolganlar bor. Qurbonlar soni ortishi mumkin, chunki qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda", - dedi vazir brifingda.
Xlabisa Sharqiy Keypning ba’zi qismlarida yuzaga kelgan vaziyatni "logistik dahshatli tush" deb ta’rifladi.