Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jangarilar Burkina-Fasodagi harbiy bazaga hujum qilib, 50 nafarga yaqin askarni o‘ldirdi

Jangarilar Burkina-Fasodagi harbiy bazaga hujum qilib, 50 nafarga yaqin askarni o‘ldirdi

Burkina-Faso shimolidagi armiya bazasiga hujum chog‘ida qurollangan shaxslar 50 ga yaqin askarni o‘ldirdi.

Hujum Bulsa departamentining (Namentenga viloyati) Dargo qishlog‘i yaqinidagi armiya bazasiga qaratilgan.

Bu haqda Associated Press (AP) agentligi mahalliy hamjamiyat vakillariga tayanib xabar berdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hujum "Al-Qoida" terrorchilik tashkiloti bilan aloqasi bor "Jamoat Nusrat al-Islom val-Muslimin" guruhining 100 ga yaqin jangarisi tomonidan amalga oshirilgan. Associated Press (AP) manbalariga ko‘ra, terrorchilar armiya bazasini talagan va yoqib yuborgan.

Kiritildi: 08:30 30.07.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!