Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Jamoat xavfsizligi universitetining 8 ta yo‘nalishiga bakalavriat bo‘yicha qiz bola nomzodlar qabul qilinadi

Jamoat xavfsizligi universitetining 8 ta yo‘nalishiga bakalavriat bo‘yicha qiz bola nomzodlar qabul qilinadi

Jamoat xavfsizligi universitetining 8 ta yo‘nalishiga bakalavriat bo‘yicha qiz bola nomzodlar qabul qilinadi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi.

Milliy gvardiya tasarrufida:

⏺Jamoat xavfsizligi universiteti;

⏺“Temurbeklar maktabi”;

⏺Harbiy musiqa akademik liseyi;

⏺respublikamiz bo‘ylab jami 56 ta maktabda, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda 4 tadan maktabda harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu sinflarda o‘qish muddati besh yil bo‘lib, 6 sinfni bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi va 7-11 sinflarda tahsil olishadi.

Maktablarda tashkil qilingan qabul komissiyalari tomonidan mazkur sinflarga kirish istagini bildirgan nomzodlardan tegishli hujjatlar 1 iyuldan 20 iyul kuniga qadar qabul qilinib, 25 avgust kunigacha belgilangan tartibda jismoniy tayyorgarlik va tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
〰️〰️〰️〰️〰️

Harbiy musiqa akademik liseyining 5-sinfiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-sinfini bitirgan o‘quvchilarni tanlab olish orqali iqtidorli o‘g‘il-qizlar o‘qishga qabul qilinadi. Qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini 1 iyundan 20 iyunga qadar qabul qiladi.

“Temurbeklar maktabi”ga umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlagan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.

Jamoat xavfsizligi universitetiga qabul komissiya o‘z faoliyatini 1 fevraldan boshlaydi.

Ushbu kundan, jamlovchi idoralar tomonidan Universitetning kunduzgi bakalavriat yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul qilinishi boshlanadi va ushbu jarayon joriy yilning 20 mart kuniga qadar davom etadi.

Kiritildi: 14:40 30.01.2024. O'qildi: 4044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!