Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Jamoat transporti orqali jami 242,6 milliondan ziyod tranzaksiya amalga oshirildi

Jamoat transporti orqali jami 242,6 milliondan ziyod tranzaksiya amalga oshirildi

Transport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil birinchi yarim yillikda jamoat transporti orqali jami 242,6 milliondan ziyod tranzaksiya amalga oshirildi. Shundan transport kartalari orqali jami 74 million tranzaksiya (30,7 millioni tarif kartalari orqali) amalga oshirilgan.

Bank kartalari orqali to‘lovlar 71,5 foizga o‘sdi va 64,1 million tranzaksiyani tashkil etdi. QR chiptalaridan metroda 36,6 million martadan ortiq foydalanilgan. Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 1,9 million, metroda mobil QR yordamida jami 1,1 million tranzaksiya amalga oshirilgan. Yo‘lovchilarning virtual kartalari yordamida amalga oshirgan tranzaksiyalari soni jami 792 mingtani tashkil etdi.

Respublika hududlari bo‘yicha avtobuslarda Samarqandda – 2 101 122, Urganchda – 1 078 782, Qarshida – 653 525, Andijonda – 218 874, Qo‘qonda – 74 460, Zarafshonda – 10 081, Yangiyo‘lda – 9 384, Nukusda – 4 817, Buxoroda – 1 840 va Namanganda – 900 tranzaksiyalar bajarilgan.

Kiritildi: 10:53 16.07.2024. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!