Fuqaro pensiya yoshiga yetgach, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida to‘plangan mablag‘ni birdaniga to‘liq yoki o‘zi xohlagan miqdorda bo‘lib-bo‘lib yechib olish huquqiga ega.
Ya’ni hisobda, masalan, 8 mln so‘m to‘plangan bo‘lsa, pensiya yoshiga yetgach uning hammasini bir yo‘la olish ham, qismlarga bo‘lib olish ham mumkin. Eng muhimi, bu fuqaroning odatiy oylik davlat pensiyasini bekor qilmaydi.