Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jaloloboddagi portlashlar va otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

A A A
Jaloloboddagi portlashlar va otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida yuz bergan to‘rtta portlash va otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TOLOnews guvohlarga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, shaharning turli joylarida sodir bo‘lgan 4 ta portlash ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan. Bundan tashqari, sobiq ma’muriyatning chegara qo‘shinlari bazasi joylashgan hududda noma’lum shaxslar o‘q uzgan, natijada yana 3 kishi halok bo‘lgan.

Nangarxor muzofoti madaniyat va axborot bo‘limi boshlig‘ining aytishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlarning hammasi oddiy fuqarolar va ushbu hodisalardan «Tolibon» harakati a’zolariga zarar yetmagan. Hozircha hech biror mazkur qo‘poruvchilik harakatlarini o‘z zimmasiga olmadi.

Kiritildi: 16:48 23.09.2021. O'qildi: 5566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!