Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jaloliddin Masharipovga vodiy jamoalaridan qiziqish bor, biroq...

Jaloliddin Masharipovga vodiy jamoalaridan qiziqish bor, biroq...

"Istiqlol" vingeri Jaloliddin Masharipov katta ehtimol bilan Eronda qoladi.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Sherzod Nurmatov xabar berdi.

"Jaloliddin Masharipovga vodiy klublari qiziqayotgani bor gap. Biroq tajribali vingerning Eronning "Istiqlol"i bilan hali yana 1,5 yillik shartnomasi bor. Shu sababli klub uni qo‘yib yuborishi ehtimoli juda kam.

Ayniqsa, iroqlik futbolchi Muntadir Muhammad bilan nizo kuzatilayotgani tufayli FIFA "Istiqlol"ga ikkita transfer oynasi uchun taqiq qo‘yishi mumkin. Shu bois tehronliklar tavakkal qilmaydi va hozircha o‘z yulduzlarini qo‘yib yuborishni xohlamaydi", – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:37 09.12.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!