Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Jahonning eng ko‘p haq oluvchi sportchisi Ronaldu ham, Messi ham emas! U tennischi

Jahonning eng ko‘p haq oluvchi sportchisi Ronaldu ham, Messi ham emas! U tennischi

«Katta shlem» tasnifidagi tennis turnirlarining 20 karra g‘olibi Rojer Federer Forbes tomonidan jahonning eng serdaromad sportchisi deb e’lon qilindi. 

Shveysariyalik tennischi 2019 yilning 1 iyunidan 2020 yilning 1 iyun kuniga qadar 106,3 million AQSh dollari miqdorida daromad topgan. Shundan 6,3 mln – musobaqa mukofot pullari, 100 mln – homiylik daromadlaridir. Sportchilar reytingini ilk marta tennischi boshqarmoqda. 

Shuningdek, bu safargi reytingda futboldagi mashhur raqiblar - Krishtianu Ronaldu Lionel Messidan bu borada o‘zib, 2-o‘ringa chiqib olgan. Portugaliyalik futbolchi argentinalikdan kamroq maosh olsa-da, reklama va homiylik daromadlaridan ko‘proq foyda ko‘rgan.

Reytingning top-o‘nligi bilan tanishing:

1. Roje Federer, tennis - $106,3 mln

2. Krishtianu Ronaldu, futbol – $105 mln (maosh – $60 mln / homiylik daromadi – $45 mln)

3. Lionel Messi, futbol – $104 mln ($72 mln / $32 mln)

4. Neymar, futbol – $95,5 mln ($70,5 mln / $25 mln)

5. Lebron Jeyms, basketbol – $88,2 mln ($28,2 mln / $60 mln)

6. Stefen Karri, basketbol – $74,4 mln ($30,4 mln / $44 mln)

7. Kevin Dyurent, basketbol – $63,9 mln ($28,9 mln / $35 mln)

8. Tayger Vuds, golf – $62,3 mln ($2,3 mln / $60 mln)

9. Kirk Kazins, Amerika futboli – $60,5 mln ($58 mln / $2,5 mln)

10. Karson Vens, Amerika futboli – $59,1 mln ($55,1 mln / $4 mln).

Sportchilarning top-100talik reytingidan 35 nafar basketbolchi, 31 nafar Amerika futboli vakillari, 14 nafar futbolchi, 6 nafar tennischi, 5 nafar bokschi va MMA vakillari, 4 nafar golfchi, 3 nafar poygachi va bir nafardan beysbol va kriketchilar joy olgan.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda ushbu reytingda Messi peshqadamlik qilgan, Ronaldu va Neymar uchlikdan joy olgandi.

Kiritildi: 09:31 31.05.2020. O'qildi: 3072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!