Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Jahongir Otajonov siyosiy faoliyatini to‘xtatib, san’atga qaytdi

A A A
Jahongir Otajonov siyosiy faoliyatini to‘xtatib, san’atga qaytdi

Xonanda Jahongir Otajonov siyosiy faoliyatini tugatgani to‘g‘risida ma’lum qildi. Instagramdagi sahifasida chiqish qilgan sobiq xonanda yana konsert berishini aytgan.

“Siyosiy masalada jonli efir tashkil qilmaganimga 15 kun bo‘ldi. Har bir efirimda onamning umri 5 yilga kamayib ketyapti. Ota-onamning har kuni yig‘lab o‘tirishi men uchun qimmatga tushmoqda. Hattoki, Prezident bo‘lib qolsam, bularga biror kor-hol bo‘lsa, menga tatimaydi. Shuning uchun, men butun jamoatchilikdan uzr so‘rayman. Hozircha, siyosatdan chekinib turaman. Qismat bo‘lsa, balki siyosiy faoliyatimni davom ettirsam ham har kuni onamning “o‘lishini” ko‘rib o‘tirish meni charchatdi”, deydi u.

Otajonov so‘zida davom etar ekan, butun jamiyat va siyosatchilardan yana bir bor uzr so‘radi:

“Butun jamoatdan, butun vatandoshlardan, borki siyosatchilardan va borki partiya a’zolaridan uzr so‘rayman. Hozircha bu ishni davom ettira olmayman. Chunki, onamni ko‘ndirish uchun 6 oy kurashdim. Lekin siyosiy faoliyat oson emas ekan, bularning har kuni siqilishi meni charchatdi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ham omad tilayman. Nimaiki bo‘lsa, xalqimizning foydasi uchun bo‘lsin”.

Murojaat yakunida Jahongir Otajonov onasiga yuzlanib, uning sharafiga “Onam uchun” deb nomlangan konsert berishini aytdi. U 2020 yil dekabr oyida san’atdan ketganini e’lon qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay joriy yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida nomzodini qo‘ymoqchiligini ommaga ma’lum qilgan.

Kiritildi: 20:43 11.07.2021. O'qildi: 7636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!