Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jahonda elektromobillar savdosi 2025 yilning birinchi yarmida 28% ga o‘sdi

Jahonda elektromobillar savdosi 2025 yilning birinchi yarmida 28% ga o‘sdi

2025 yilning birinchi yarmida dunyo bo‘ylab elektromobillar savdosi 28 foizga oshib, 9,1 million donaga yetdi. Bu haqda Britaniyaning tadqiqotchi kompaniyasi Rho Motion ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida elektromobillar va plagin-gibrid avtomobillarining umumiy savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga o‘sib, 1,8 millionni tashkil etgan.

Janubiy va Sharqiy Osiyo bozorida, xususan, Xitoy yana dunyodagi yetakchi bozor sifatida qayd etildi. Yanvar-iyun oylari mobaynida Xitoyda elektromobillar sotuvi 32 foizga oshib, 5,5 million donaga yetgan. Bu global bozordagi elektromobillar savdosining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Mutaxassislarga ko‘ra, Xitoydagi o‘sish tendensiyasi yilning ikkinchi yarmida ham davom etishi kutilmoqda.

Evropada elektromobillar savdosi yillik 26 foizlik o‘sish bilan 2 million donaga yetdi.

Shimoliy Amerikada (AQSH, Kanada va Meksika) esa o‘sish sur’ati pasaydi — ushbu mintaqada 900 ming elektromobil sotilib, o‘sish faqatgina 3 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab boshqa mintaqalarda elektromobillar va plagin-gibrid avtomobillar savdosi 40 foizga oshib, 700 ming donaga yetgani qayd etildi.

Shu tariqa, 2025 yilning birinchi yarmi elektromobillar bozori uchun yuqori o‘sish va faollik bilan yodda qoldi.

Kiritildi: 17:48 15.07.2025. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!