Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Jahon pasportlari reytingida yetakchilik kimga nasib etdi?

Jahon pasportlari reytingida yetakchilik kimga nasib etdi?

2025 yilning birinchi yarmi uchun tuzilgan eng kuchli pasportlar reytingida Singapur pasporti dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda xalqaro Henley Passport Index nashri ma’lumot berdi.

Ushbu reytingga ko‘ra, Singapur fuqarolari 193 ta davlatga vizasiz kirish yoki kelgach viza olish huquqiga ega bo‘lib, bu dunyodagi eng keng sayohat imkoniyatini ta’minlaydigan pasport hisoblanadi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Yaponiya va Janubiy Koreya egallagan. Ushbu mamlakatlar fuqarolari 190 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin. Uchinchi pog‘onani esa 189 ta vizasiz yo‘nalishga ega bo‘lgan Daniya, Fransiya, Irlandiya, Finlyandiya, Germaniya, Ispaniya va Italiya fuqarolari egallagan.

Reyting ma’lumotlari International Air Transport Association (IATA) bazasi asosida shakllantiriladi.

Mazkur indeks pasportlarning xalqaro harakatchanlik darajasini baholaydi va har olti oyda yangilanadi. Reyting global iqtisodiy, diplomatik va sayohat imkoniyatlarini tahlil qilishda muhim ko‘rsatkich sifatida qaraladi.

Kiritildi: 22:15 29.07.2025. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!