Rossiya yetakchisi Vladimir Putin dunyo bo‘ylab Amerika prezidenti Donald Tramp kabi salbiy baho olmadi. Bu haqda Financial Times gazetasi sosiologik tadqiqotga tayanib xabar berdi.
"Amerikaning xalqaro mavqei allaqachon pasaymoqda. Aprel oyida o‘tkazilgan demokratiyani idrok etish indeksining so‘nggi tadqiqotiga ko‘ra, AQSh tomonidan ijobiy baholangan mamlakatlarning ulushi o‘tgan yilgi 76 foizga nisbatan 45 foizni tashkil etmoqda," - deyiladi maqolada.
Materialda keltirilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Tramp tadqiqot o‘tkazilgan 100 ta davlatdan 82 tasida salbiy baho olgan. Vladimir Putin esa 61 mamlakatda salbiy baho oldi. Xitoy raisi Si Szinpin - 44 mamlakatda salbiy baholangan.