Nufuzli nashr tomonidan 2026 yilgi Jahon chempionatining asosiy favoritlarini taxmin qilindi.
AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlari mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining asosiy favoritlari nufuzli "Score 90" nashri tomonidan taxmin qilindi. Unga ko‘ra, asosiy favorit sifatida Yevropa chempionatining amaldagi chempioni Ispaniya terma jamoasi eng yuqori foiz ko‘rsatkichiga ega. Ispanlarning turnirni yutish ehtimoli 14 foizni tashkil etmoqda. Undan keyingi o‘rindan Braziliya terma jamoasi joy olgan. "Pentakampeonlar"ning g‘alaba qozonish imkoniyati 11 foizni tashkil qiladi. Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi esa 9 foiz ovoz bilan 5-o‘rinni egallagan.