O‘zbekiston mazkur xalqaro reytingda 80,3 ball to‘plab, dunyoning 217 ta mamlakati orasidan 62 o‘rinni egalladi. O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida 4 o‘ringa ko‘tarilgan.
Jahon banki tomonidan mamlakatlarning statistik salohiyatini o‘rganish va baholab borish maqsadida yangilangan uslubiyot asosida ishlab chiqilgan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi” (Statistical Performance Indicators — SPI)ning 2023 yil natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur xalqaro reytingda 80,3 ball to‘plab, dunyoning 217 ta mamlakati orasidan 62 o‘rinni egalladi. O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida 4 o‘ringa ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun: 2022 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur xalqaro reytingda 74,1 ball to‘plab 79 o‘rinni egallagan.
Mazkur indeks mamlakatning statistik salohiyati, erishayotgan yutuqlari va milliy statistika tizimini rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlari natijalarini aks ettiradi.
Xususan, 2023 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”da 62o‘ringa ko‘tarilishiga xizmat qilgan omillar: