Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Jahon banki Ukrainaga 432 million dollar ajratadi

Jahon banki Ukrainaga 432 million dollar ajratadi

Jahon banki «Ukrainadagi zaif muhitda barqaror infratuzilmani yaratish» DRIVE loyihasi doirasida mamlakat transport infratuzilmasini tiklash uchun 432 million dollar ajratadi.

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Ukraina transport infratuzilmasini tiklash uchun Jahon bankidan 432 million dollar oladi. Bugun Kiyevda Taraqqiyot vazirligi va Jahon banki o‘rtasida DRIVE loyihasi doirasida tegishli kelishuvlar imzolandi», deb yozdi u.

Shmygalning so‘zlariga ko‘ra, loyiha mamlakatning 19 ta hududidagi yo‘l va ko‘priklarni kapital ta’mirlash, avtomobil yo‘llarini modernizasiya qilish, modulli ko‘priklar o‘rnatish, shuningdek, texnik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. U Ukraina infratuzilmasini tiklash va rivojlantirish davlat agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Bosh vazir mablag‘lar Ukraina budjetiga qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumot bermadi.

Kiritildi: 00:28 03.04.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!