Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Britaniyada aholi 72 soatlik "tirik qolish to‘plami"ni tayyorlab qo‘yishga chaqirildi

Britaniyada aholi 72 soatlik "tirik qolish to‘plami"ni tayyorlab qo‘yishga chaqirildi

Daily Mail nashrining yozishicha, Britaniya razvedkasi energetika infratuzilmasi va dengiz ostidagi gaz quvurlariga Rossiya tomonidan diversiyalar uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bunday hujumlar elektr ta’minotida jiddiy uzilishlarga olib kelishi xavfi bor.

Materialga ko‘ra, Rossiya kemasi allaqachon Shimoliy dengizdagi gaz quvurlariga yaqin joyda razvedka ishlarini olib borgan. Shu sababli hukumat fuqarolarga uyda 72 soatlik "xavotir ryukzagi"ni tayyorlab qo‘yishni tavsiya qilmoqda. Unda quyidagilar bo‘lishi kerak:

- ichimlik suvi zaxirasi,
- konservalangan oziq-ovqat,
- kerakli dori-darmonlar,
- muhim hujjatlar,
- chiroq,
- batareykali radio,
- shveysariya pichog‘i.


Kiritildi: 20:24 06.04.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!